Jamiyat | 11:33 / 17.04.2024
6049
2 daqiqa o‘qiladi

Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi 

"Instagram"da fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit ushlandi.

Foto: AP

Samarqand shahrida yashovchi 20 yoshli B.X. (ayol) IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2 400 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Guliston shahrida yashovchi 18 yoshli M.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.A. “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali Iphone 12pro sotiladi, deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi B.X. (ayol) bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 2 400 000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgizib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 2-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid