O‘zbekistonda birinchi lyuks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Ushbu poyezdlardan bittasi sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tugatib, Toshkentga yetib keldi. Ikkinchisi hozirda Samarqandda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Qozog‘istonning Kazinform xalqaro axborot agentligi Orient Silk Road Express birinchi lyuks poyezdi xorijlik sayyohlarni O‘zbekistonning tarixiy shaharlari orqali olib o‘tib, Toshkentga yetib kelganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
"Buyuk ipak yo‘li" yo‘nalishi bo‘ylab sayohat loyihasi Germaniyaning Lernidee Erlebnisreisen va Angliyaning Golden Eagle Luxury Trains sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, – deyiladi nashrda. – Turistik charter poyezdlari Avstriya, Angliya, Germaniya, Niderlandiya, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malayziya, AQSh, Fransiya va Shveytsariyadan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi".
Nashrda ta’kidlanishicha, joriy yilda 14 ta turistik poyezd O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab harakatlanadi.
"Ushbu poyezdlardan bittasi sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tugatib, Toshkentga yetib keldi. Ikkinchisi hozirda Samarqandda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda" – deb yozgan Kazinform.
Mavzuga oid
16:15 / 19.12.2024
Poyezdda yo‘lovchilarga choy, ichimlik suvi va shakar bepul beriladi
10:22 / 19.12.2024
Murmansk oblastida ikki poyezd to‘qnashib ketdi
14:11 / 18.12.2024
Rossiyada O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi
10:26 / 16.12.2024