DXX Rossiya va Qozog‘istondan olib kelingan salkam 20 kg sintetik narkotik moddalarni musodara qildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida bir nechta tezkor tadbir o‘tkazildi.
Jumladan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari borligi ma’lum bo‘lib, ular tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar mamlakatga bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda Qozog‘istondan olib kelingan va kelgusida ularni kichik bo‘laklarga bo‘lgan holda, internet tarmog‘i orqali sotish rejalashtirilgan.
Boshqa holatda esa 3 dona avtomobil ehtiyot qismi (kardan vali) ichiga yashirilib, Rossiyadan yuk avtomashinasida yuborilgan 3 kg 780 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qabul qilib olgan vaqtida, Toshkent shahrida yashovchi 2 nafar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi bir nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar ham kichik bo‘laklarga bo‘lingan holda, internet tarmog‘i orqali mijozlarga sotilishi rejalashtirilgan.
Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 5 kg 687 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur shaxs Rossiyadan keltirilgan ushbu kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni kichik bo‘laklarda Yangihayot va Sergeli tumanlari hududidagi xufiya joylarga yashirib, so‘ngra ularni “Telegram” messenjeri orqali mijozlarga sotishni reja qilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
16:18 / 10.12.2024
Suriyadagi urushda qatnashib, vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlik shaxs qidiruvda ekani ma’lum qilindi
12:38 / 25.11.2024
Bosh vazir yordamchisi va uning DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan akasi ishdan olindi
15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
19:25 / 23.11.2024