O‘zbekiston | 10:26 / 21.04.2024
8687
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholi zichligi ko‘rsatkichlari oshayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha hisoblangan aholi soni so‘nggi bir yilda 2 kishiga ortgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha qariyb 2 kishiga ortgan.

2023 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 80,6 kishi to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid