O‘zbekiston | 12:39 / 21.04.2024
3774
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yanvar-mart oylarida yarim milliondan oshiq tojikistonlik sayyoh keldi

Tojikistonliklarning asosiy qismi O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida kelgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida Tojikistondan O‘zbekistonga qariyb 536 ming nafar sayyoh kelgan.

2024 yilning 3 oyida Tojikistondan O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning asosiy safar maqsadlari:

  • qarindoshlarni yo‘qlash uchun — 498,1 ming nafar;
  • dam olish uchun — 14,7 ming nafar;
  • davolanish uchun — 13,1 ming nafar;
  • xizmat yuzasidan — 4,8 ming nafar;
  • tijorat maqsadida — 4,7 ming nafar;
  • o‘qish uchun — 479 nafar.

Avvalroq, 2023 yilda O‘zbekistonga 6,6 mln chet el fuqarolari turistik maqsadda kelgani, ularning 2 mln 155 nafardan oshiqrog‘i Tojikiston fuqarolari bo‘lgani aytilgandi.

 

Mavzuga oid