Nagoya shahrida birinchi "O‘zbekiston-Yaponiya savdo uyi" ochildi
Yaponiyaning Nagoya shahrida "O‘zbekiston-Yaponiya savdo uyi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
O‘zbekistonning Nagoyadagi faxriy konsuli Xiroyuki Ito o‘z ma’ruzasida, so‘nggi yillarda yapon kompaniyalari orasida mamlakatimizdan oziq-ovqat, to‘qimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik mahsulotlarini import qilishga qiziqish tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
Nagoya shahrida tashkil etilgan "O‘zbekiston-Yaponiya savdo uyi" Yaponiyada o‘zbek mahalliy mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, yangi eksport shartnomalarini imzolashda ko‘maklashish, yangi logistika yo‘nalishlarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutishi ma’lum qilindi.
Hozirgi kunda ushbu savdo uyida mamlakatda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, hunarmandchilik, kulolchilik, kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlarining ulgurji va chakana savdolari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
13:33 / 18.12.2024
O‘zbekiston savdoni osonlashtirish bo‘yicha milliy "yo‘l xaritasi"ni imzoladi
14:40 / 17.12.2024
O‘zbekiston Stokholm va Helsingborgda savdo uylarini ochmoqchi
08:20 / 13.12.2024