Qozog‘istonda TikTok bloklanishi mumkin
Mamlakat rasmiylari ijtimoiy tarmoqni cheklash choralarini o‘rganib chiqmoqda.
Qozog‘iston TikTok platformasiga kirishni bloklash imkoniyatini o‘rganmoqda, dedi jurnalistlarga madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva.
«Men hoziroq buni taqiqlaymiz demayapman, biz o‘rganib chiqyapmiz. Agar qo‘shni davlatlar bunday choralarni ko‘rsa, biz ham o‘rganamiz», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda firibgarlik va yolg‘on ma’lumotlar tarqatish holatlari ko‘paygan.
«Ijtimoiy tarmoqlarni ochasiz va bu yerda turli xil kontent bor - bular orasida giyohvand moddalar, pornografik materiallar, kattalar va bolalarning haqoratlari, ekstremistik materiallar, diniy materiallar. Monitoring ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kontent ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda. Hozir ko‘plab mamlakatlar ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilishga va undan voz kechishga majbur bo‘lmoqda», deb tushuntirdi vazir.
19 aprel kuni Qirg‘izistonda TikTok bloklandi. Ushbu qarorga TikTok tomonidan «Qirg‘iziston Respublikasida bolalar salomatligi va jismoniy, intellektual, aqliy, ma’naviy va ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qonunga rioya qilmagani asos bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda TikTok 2021 yil iyul oyidan beri «shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani, serverlarini respublikada mahalliylashtirmagani» uchun bloklangan.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
21:15 / 22.12.2024
Albaniyada 14 yoshli o‘smirning o‘limi sabab TikTokʼdan foydalanish taqiqlanadi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024