BAA suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun qariyb 550 mln dollar sarflaydi
16 aprel kuni BAAda so‘nggi 75 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan, ayniqsa Dubay bundan katta zarar ko‘rgan edi.
BAA hukumati so‘nggi yomg‘irlar paytida turar-joy binolariga yetkazilgan zararni qoplash uchun taxminan 544,6 million dollar (2 milliard dirham) ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Dubay amiri Muhammad bin Rashid Ol-Maktum ma’lum qildi.
«Vazirlar qo‘mitasiga jarayonni nazorat qilish, uy-joylarga yetkazilgan zararni hisoblab chiqish va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda tovon pulini to‘lash topshirildi», dedi u.
Shayx Muhammadning aytishicha, ekstremal ob-havo «o‘ta jiddiy bo‘ldi» va suv toshqini oqibatlaridan saboq chiqarish lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda xizmatlar kuchli suv toshqini bilan bog‘liq 200 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan.
16 aprel kuni BAAda so‘nggi 75 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi, ayniqsa Dubay bundan katta zarar ko‘rdi. Suv toshqini oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi.
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli asosiy magistrallar va Dubay aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagi suv ostida qoldi. Oqibatda 2 mingga yaqin reys kechiktirilgan edi.
Mavzuga oid
15:24
“Vertolyotda kelib, ko‘zimizni bog‘lab olib ketishdi” - BAAda hibsga olingan o‘zbekistonlik
14:32 / 10.12.2024
BAA O‘zbekistondan yem-xashak import qilishga qiziqish bildirdi
15:32 / 09.12.2024
O‘zbekistondan BAAga ishlash uchun mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi
15:44 / 06.12.2024