O‘zbekiston | 11:24 / 24.04.2024
10749
1 daqiqa o‘qiladi

Uch hududda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Payariq, Oqdaryo va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

 Ularda, “Paxtaobod” va “Primkent” MFYda yashovchi fuqarolar R.Sh., A.R. o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotgani aniqlanib, ushbu sexlardan jami 263 litr qo‘lbola yog‘, 68 kg chigit va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid