O‘zbekiston | 09:10 / 25.04.2024
2311
1 daqiqa o‘qiladi

525 mln so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlari noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Hujjatlari bo‘lmagan 525 mln so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlari fosh bo‘ldi.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona post orqali respublikada faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatining nomiga olib kelingan tovarlar bilan yuklangan avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 525 mln so‘m bo‘lgan 31 nomdagi avtomobil ehtiyot qismlariga taalluqli tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonga motor moyining noqonuniy olib kirilishi holati fosh etilgandi.

Mavzuga oid