Jahon | 20:45 / 26.04.2024
27558
4 daqiqa o‘qiladi

Amerika universitetlari Isroilga qarshi namoyishlardan larzaga kelmoqda. Fotosuratlar

Amerikalik talabalar falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazishda davom etmoqda. Universitetlarda kampuslar o‘rab olingan. Politsiya o‘nlab kishilarni qo‘lga olgan.

Amerika universitetlarida G‘azo sektoridagi urushga qarshi aksiyalar tinmayapti — talabalar kampuslarda palatkalar o‘rnatib, AQShdan Isroil bilan har qanday moliyaviy aloqalardan voz kechish va yarim yildan buyon davom etayotgan harbiy harakatlarni qo‘llashni to‘xtatishni talab qilmoqda. Kolumbiya universiteti namoyishlar markaziga aylandi. O‘tgan haftada oliy ta’lim muassasasi rahbariyati politsiyani chaqirdi, natijada 100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi. Keyin vaziyat keskinlashdi — va Yyelda, Ostindagi Texas universitetida, Janubiy Kaliforniya universiteti hamda Boston universitetlarida yana o‘nlab kishilar ushlandi.

22 aprel kuni Kolumbiya universiteti rahbariyati kunduzgi darslar bekor qilingani haqida e’lon berdi. Ikki kun o‘tib masofadan ta’lim imkoniyatini ko‘zda tutuvchi «gibrid» formatdagi mashg‘ulotlar sxemasi yil oxiriga qadar uzaytirildi, bunda bitirish imtihonlari ham onlayn bo‘ladi. Universitetlar kampuslarni yopmoqda, Janubiy Kaliforniyada xavfsizlik nuqtayi nazaridan asosiy bitiruv marosimi bekor qilindi, ammo boshqa universitetlarda namoyishlar davom etmoqda.

Otliq politsiyachilar Ostindagi Texas universitetida Falastin tarafdorlari namoyishida, 2024 yil 24 aprel
Brandon Bell / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Berklidagi Kaliforniya universiteti kampusida namoyishchilarning palatkalar lageri, 2024 yil 22 aprel
Justin Sullivan / Getty Images
Katta kursda o‘quvchi 22 yoshli Kerolayn Sassan Rod-Aylend shtati Providens shaharchasidagi Braun universitetida G‘azo sektori aholisi bilan birdamlik lagerida politsiyachi bilan to‘qnashuv vaqtida, 2024 yil 24 aprel
Sophie Park / The Washington Post / Getty Images
Nyu York universitetii talabalari va o‘qituvchilari oliy ta’lim muassasasi rahbariyatini Isroil bilan aloqalarni uzishga chaqirmoqda. Ular kampus hududidagi maydonni G‘azo sektori aholisi bilan birdamlik lageri deb e’lon qilishgan, 2024 yil 22 aprel
Andrew Lichtenstein / Corbis / Getty Images
Nyu Yorkdagi Kolumbiya universitetida norozilik namoyishi, 2024 yil 24 aprel. AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson universitet prezidenti Nemat Minush Shafiqni agar «bu tartibsizlik»da tartib o‘rnata olmasa, iste’foga chiqishga chaqirdi.
Yuki Iwamura / Bloomberg / Getty Images
«Biz kampuslarimizda bunday nafrat va antisemitizm avj olishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz va bu to‘xtashi kerak. Bu zo‘ravonliklarni qilayotganlar hibsga olinishi lozim», — dedi Mayk Jonson Kolumbiya universitetidagi chiqishi chog‘ida
Alex Kent / Getty Images
Mayk Jonsonning Kolumbiya universitetida 24 aprel kungi chiqishi vaqtida namoyishchilar unga hushtakbozlik qilishdi
Sarah Yenesel / EPA / Scanpix / LETA
Nyu York universitetining G‘azo sektoridagi urushga qarshi va Kolumbiya universiteti talabalariga birdamlik ramzi sifatida namoyish qilgan talabalari qo‘lga olinishi, 2024 yil 22 aprel
Fatih Aktas / Anadolu / Getty Images
Los-Anjyelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetida G‘azo sektori aholisini qo‘llayotgan namoyishchilar lageri, 2024 yil 24 aprel
Mario Tama / Getty Images
Ostindagi Texas universitetida falastinliklarni qo‘llab o‘tkazilayotgan talabalar namoyishi, 2024 yil 24 aprel
Brandon Bell / Getty Images
Ostindagi Texas universitetidagi namoyishchilar qurshovidagi politsiyachilar, 2024 yil 24 aprel
Jay Janner / Austin Statesman / USA Today Network / Reuters / Scanpix / LETA
Nyu York universiteti kampusining yopilgan maydoni atrofidagi politsiya mashinasi, 2024 yil 24 aprel
Angela Weiss / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid