Jamiyat | 13:26 / 27.04.2024
6518
2 daqiqa o‘qiladi

Maktab o‘quvchilarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi K.R. (ayol) va P.L. (ayol) IIOga murojaat qilib, profillardan birining egasi voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotganini bildirgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 27 yoshli J.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.A. voyaga yetmagan jabrlanuvchilar - S.A. (qiz) va Yu.Ye.ga (qiz) o‘zini qiz bola sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarini qo‘lga kiritib, ularni tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga 300 AQSh dollari miqdorida pullarni talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Qonunga muvofiq, JKning 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid