Jahon | 07:43 / 27.04.2024
5094
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi 

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 29 yoshli Sh.I. IIOga murojaat qilib, "Guli" ismli ayol uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotganini ma’lum qilgan.

Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi 31 yoshli T.S. (ayol) sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan T.S. jabrlanuvchi Sh.I. bilan Telegram messenjeri orqali ishqiy yozishmalarni amalga oshirishi davomida unga bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarni yuborgan, ma’lum vaqt o‘tgach T.S. ushbu fotosurat va videolarni internet orqali tarqatib, uni sharmanda qilishini aytib, qo‘rqitib, fotosurat va videolarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Qonunga muvofiq, JKning 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid