Iqtisodiyot | 07:45 / 29.04.2024
19262
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi meva-sabzavotlar eksporti statistikasini e’lon qildi.

Foto: EastFruit

O‘zbekistonning 2024 yil yanvar-mart oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmida piyoz yetakchilik qilmoqda – 103 ming tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan eksporti hajmi mos ravishda 94 ming tonna hamda 36,7 ming tonna bo‘lgan karam va sabzi joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

— mosh – 22,1 ming tonna;
— uzum (quritilgan) – 10,2 ming tonna;
— pomidor – 8 ming tonna;
— olxo‘ri (quritilgan) – 5,8 ming tonna;
— uzum – 5,1 ming tonna;
— tariq – 5,1 ming tonna;
— yeryong‘oq – 3 ming tonna;
— qalampir – 2,1 ming tonna;
— bodring – 2 ming tonna.

Mavzuga oid