O‘zbekiston | 11:39 / 03.05.2024
6228
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi

Ikki mamlakat bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi.

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi

Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Abdulla Aripov va Aqilbek Japarov mamlakatlar va qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdi. Elchixona faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Mavzuga oid