Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi
Ijtimoiy tarmoqda maxfiy «Stories» joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga «Reveal» deb nomlangan yangi funksiyani taqdim qildi. U xiralashtirilgan «Stories» joylashtirishni nazarda tutadi, uni «Direct» orqali ruxsat olingandan keyin ko‘rish mumkin.
Ushbu funksiyani faollashtirish uchun interfeysning yuqori qismidagi stikerlar belgisini bosish va tegishli filtrni tanlash kerak. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Ushbu funksiyaning ishlash mexanizmi hali juda aniq emas. Masalan, foydalanuvchilar har safar «Direct» orqali ruxsat olishi shart emasligi aytilgan. Biroq, funksiyaning tavsifi aynan shuni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, platforma yana bir qancha yangi funksiyalarni taqdim etdi. Masalan, «Musiqangizni «Stories»ga qo‘shish» funksiyasi foydalanuvchilarga o‘z kayfiyatiga mos keladigan sevimli qo‘shiqlarni baham ko‘rish imkonini beradi.
«Ramkalar» xususiyati «Stories»ga qo‘shilgan rasmlarni Polaroid uslubidagi fotosuratlarga aylantirib, tasvirni foydalanuvchilardan yashiradi. Suratni ko‘rish uchun telefonni silkitish yoki tugmani bosish kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
21:22 / 14.12.2024
Xitoy birinchi «gipertovushli samolyot»ni sinovdan o‘tkazdi
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
20:40 / 28.11.2024