Jamiyat | 07:41 / 07.05.2024
7460
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda odam o‘limi bilan yakun topgan YTH sodir bo‘ldi 

Sariosiyo tumanida “Lasetti” avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlangan va ko‘chaga burilayotgan “Malibu” avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB

Joriy yilning 5 may kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB xabariga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi “Lasetti” avtomashinasini boshqarib kelib, tumanning Terakzor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1584 avtomobil yo‘lining 6-kmda o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlangan va yo‘l chap tomonida joylashgan ko‘chaga burilayotgan 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Malibu” avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Lasetti” avtomashinasida vafot etganlar bor.

Mavzuga oid