O‘zbekiston | 20:16 / 08.05.2024
7316
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan majmua barpo etilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyevga loyiha taqdim etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘i hududida mustaqillik yillarida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan majmua barpo etilishi mumkin.

Tegishli loyiha prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Loyiha tafsilotlari aniq emas, ammo taqdim etilgan suratlarda daraxtzorlar orasida joylashgan, O‘zbekiston bayrog‘idagi oy va yulduzlar ko‘rinishidagi majmua ko‘zga tashlanadi. Yulduzlarga Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlarning ismi sharifi yozilishi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid