Uzbekistan Airways aviaparki Airbus A320 oilasining 24-havo kemasi bilan to‘ldirildi
Tez orada havo kemasi ikki sinfli tartibda 170 nafargacha yo‘lovchini tashishni boshlaydi.
Kecha, 8 may kuni Uzbekistan Airways aviaparki UK32029 ro‘yxatga olish raqamiga ega yana bir Airbus A320neo samolyotini qabul qilib oldi.
Tez orada havo kemasi ikki sinfli tartibda 170 nafargacha yo‘lovchini tashishni boshlaydi.
Aprel oyida O‘zbekistonga yana bitta Airbus A320neo samolyoti olib kelingandi.
Samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga 2024 yil 20 aprel kuni qo‘ngan. 170 o‘rindiqli, ikki klassli samolyot Tayvanning Taynan shahridan uchib kelgan.
2023 yil yanvar oyida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus bilan A320neo oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
21:10 / 10.11.2024