O‘zbekiston | 09:55 / 10.05.2024
1968
2 daqiqa o‘qiladi
Energetika bozorini tartibga solish agentligining asosiy vazifalari belgilandi
Agentlik bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
- agentlikning huquqlari va javobgarligi;
- agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
- agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
- agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;
- agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish.
Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini bosqichma-bosqich tashkil qilishni ta’minlash;
- bozorda raqobatni qo‘llab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash;
- bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish;
- bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat etish;
- 2026 yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur bo‘lgan boshqa xollarda tegishli tariflar va to‘lovlar miqdorlarini tasdiqlash;
- magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlarning ruxsat etilgan me’yorlarini tasdiqlash va boshqalar.
Mavzuga oid
13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi
07:36 / 25.10.2024
Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
09:50 / 04.10.2024