Putin bosh vazir lavozimiga Mishustin nomzodini ilgari surdi
Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin «bugun deputatlar bu masala bo‘yicha o‘z saylovchilari nomidan mas’uliyatli qaror qabul qilishini» ta’kidladi. Davlat dumasi birinchi marta hukumatni shakllantiradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga Mixail Mishustinni bosh vazir lavozimiga tayinlash bo‘yicha taklif kiritdi, deb xabar berdi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin 10 may, juma kuni ertalab o‘zining Telegram-kanalida. Uning ta’kidlashicha, «bugun deputatlar bu masala yuzasidan o‘z saylovchilari nomidan mas’uliyatli qaror qabul qiladi».
Volodinning so‘zlariga ko‘ra, «zamonaviy Rossiya» tarixida birinchi marta Davlat dumasi hukumat tarkibini shakllantiradi: hukumat raisi, uning o‘rinbosarlari va federal vazirlarni tasdiqlaydi. Shu tariqa deputatlar Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga 2020 yilda qabul qilingan tuzatishlar bilan belgilangan yangi vakolatlarini amalga oshirish niyatida.
Hukumat raisligiga nomzodning muhokamasi barcha fraksiyalarda bo‘lib o‘tadi va Moskva vaqti bilan soat 14:00 da Davlat dumasining yalpi majlisi boshlanadi, dedi Volodin.
Rossiya hukumati inauguratsiyadan keyin iste’foga chiqdi
Putin beshinchi muddatga inauguratsiya qilinganidan keyin Mishustin boshchiligidagi Rossiya hukumati iste’foga chiqdi. Putin tomonidan taklif etilgan Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri lavozimiga Mixail Mishustin nomzodi Davlat dumasi deputatlari tomonidan 2020 yil 16 yanvarda ma’qullangan va 2024 yil 10 mayda yana tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
07:55 / 20.12.2024