O‘zbekiston | 07:05 / 11.05.2024
8264
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Dovonda qolib ketgan haydovchi va yo‘lovchilarga chodirlarda issiq ichimlik va yeguliklar tarqatilib, yordam ko‘rsatildi.

Foto: Videodan kadr

A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qum-toshli massa qoplagan edi

FVV hamda tegishli tashkilotlarning kuch vositalari yordamida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan zarur amaliy harakatlar natijasida yo‘lning Toshkent-Vodiy yo‘nalishi soat 00:55 da avtomobillar harakati uchun ochildi. 

Soat 02:45 da Vodiy - Toshkent yo‘nalishi ham ochildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat nazoratga olingan. 

FVV xodimlari tomonidan dovonda qolib ketgan haydovchi va yo‘lovchilarga chodirlarda issiq ichimlik va yeguliklar tarqatilib, yordam ko‘rsatildi.

Mavzuga oid