O‘zbekiston | 10:47 / 12.05.2024
3119
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 1,5 mln nafar xorijlik sayyoh keldi

Eng ko‘p xorijiy sayyoh Tojikistondan kelgan. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari joylashgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra 2024 yilning yanvar-mart oylarida 1 mln 519 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,7 ming nafarga yoki 2,1 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Tojikiston — 536,5 ming nafar;
  • Qirg‘iziston — 442 ming nafar;
  • Qozog‘iston — 262,6 ming nafar;
  • Rossiya — 134,2 ming nafar;
  • Turkmaniston — 31 ming nafar;
  • Turkiya — 21,5 ming nafar;
  • Hindiston — 11,6 ming nafar;
  • Xitoy — 10 ming nafar;
  • Janubiy Koreya — 7,6 ming nafar;
  • Germaniya — 3,8 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar — 58,5 ming nafar.

Mavzuga oid