Kataloniya parlamenti saylovlarida separatistlar o‘rinlardan mahrum bo‘ldi
Sotsialistik partiya Kataloniya mintaqaviy saylovlarida birinchi o‘rinni egalladi. Separatistlar mashhurligini yo‘qotmoqda.
Kataloniyada 12 may, yakshanba kuni mintaqaviy parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘rinni 135 joydan 42 ta joy olgan Kataloniya sotsialistik partiyasi egalladi. Ikkinchi o‘rinda mahalliy hukumat sobiq rahbari Karles Puchdemonning mintaqa mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagan «Kataloniya uchun birga» partiyasi egalladi. Shu bilan birga, Kataloniyaning eng mashhur bo‘lginchi partiyalaridan biri –Respublikachilar so‘l partiyasi 13 o‘rinni yo‘qotdi va parlamentdagi 20 ta joy bilan mintaqadagi eng ommabop uchinchi kuchga aylandi.
Shuningdek, mahalliy parlamentga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ng-markazchi Kataloniya Xalq partiyasi (15 o‘rin), o‘ng qanot milliy konservativ «Ovoz» partiyasi (11 o‘rin), «Komuns-Sumar» alyansi (6 o‘rin) va ayirmachi so‘l partiyalar, shuningdek, separatist o‘ta o‘ng Kataloniya alyansi (2 o‘rin) kirdi.
Ko‘pchilikni tashkil qilish uchun 135 o‘rinli mintaqaviy parlamentda 68 mandat olish kerak.
Ispaniya parlamenti kataloniyalik bo‘lginchilarga amnistiya e’lon qildi
Ispaniya parlamenti mart oyi o‘rtalarida 2017 yil oktyabr oyida Kataloniya mustaqilligini e’lon qilishga va shimoli-sharqiy mintaqani Ispaniyadan ajratishga urinishda ishtirok etganlarga amnistiyani nazarda tutuvchi qonunni qabul qilgan edi. Ispaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, amnistiya taxminan 350 kishiga tegishli. Gap birinchi navbatda Kataloniya mustaqilligini e’lon qilishga uringan siyosatchilar haqida ketmoqda. Ular orasida Kataloniyaning sobiq rahbari va «Kataloniya uchun birga» partiyasi sobiq raisi Karles Puchdemont ham bor, u hali ham Ispaniyadan tashqarida yashiringan.
Kataloniyada saylov muddatidan oldin o‘tkazilyapti. Separatistlar mustaqillik bo‘yicha referendumni talab qilmoqda
Kataloniya mintaqaviy parlamentiga avvalgi saylovlar 2021 yilda bo‘lib o‘tgan edi. Hozirgi ovoz berish muddatidan oldin o‘tkazilmoqda. Ular, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniyadagi vaziyatni yumshatish va uning mustaqilligi tarafdorlari pozitsiyasini zaiflashtirish uchun mo‘ljallangan kataloniyalik ayirmachilarga amnistiya e’lon qilinishiga mahalliy saylovchilarning munosabatini ko‘rsatishi mumkin, deb ishoniladi. Ayirmachilar, o‘z navbatida, Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha yangi referendum o‘tkazishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
10:19 / 03.12.2024
Ruminiyada prezidentlik saylovlari birinchi turi natijalari tasdiqlandi
15:11 / 02.12.2024
Islandiyadagi saylovlarda sotsial-demokratlar g‘alaba qozondi
10:42 / 02.12.2024
Ruminiyada saylovlar: hukmron sotsial-demokratlar yetakchilik qilmoqda
13:19 / 29.11.2024