O‘zbekiston | 15:46 / 13.05.2024
10183
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi Termiz–Dushanbe avtoyo‘lining pulli dublyorini qurmoqchi

Surxondaryo viloyati hokimligi investordan loyihani ishlab chiqishda turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirishni so‘radi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Xitoyning Hunan Industrial Equipment Installation Co. Ltd kompaniyasi Bishkek–Dushanbe–Termiz avtomobil yo‘liga parallel pulli avtomagistral qurishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya rasmiylari 11 may kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashgan.

“Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Yakunda mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi”, – deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, Xitoyning Hunan Industrial Equipment Installation Co. Ltd kompaniyasi o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi pulli yo‘llarni qurgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati Toshkent–Andijon va Toshkent–Samarqand yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoyo‘llar qurishni reja qilgan. Avvalroq Toshkent–Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholangan edi.

Mavzuga oid