O‘zbekiston | 07:55 / 14.05.2024
5103
1 daqiqa o‘qiladi

Tomchilatib sug‘orish uskunalarini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

6 ta fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar bank filialidan ajratilgan kredit evaziga xorijdan olib kelingan tomchilatib sug‘orish uskunalarini yer maydonlariga o‘rnatmasdan boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tomchilatib sug‘orish uskunalarini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, tumandagi 6 ta fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xorijdan olib kelingan tomchilatib sug‘orish uskunalarini yer maydonlariga o‘rnatmasdan boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 2,9 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid