O‘zbekiston | 07:40 / 17.05.2024
3489
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqayotgani ma’lum qilindi

Yanvar-aprel oylarida 49,9 ming nafar aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rganish uchun bepul o‘qishga jalb etildi. 

O‘zbekistonda aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqayotgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Yanvar-aprel oylarida 49,9 ming nafar aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rganish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi o‘quv markazlari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga hamda ustoz-shogird an’anasi asosida bepul o‘qishga jalb qilindi. 

Ularning: 

  • 37,5 ming nafari – sanoat va xizmat ko‘rsatish;
  • 5,8 ming nafari – qurilish; 
  • 2,6 ming nafari – hunarmandchilik;
  • 2 ming nafari – IT;
  • 2 ming nafari – agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida o‘qishga qiziqish bildirgan.

Mavzuga oid