O‘zbekiston | 07:55 / 18.05.2024
3974
1 daqiqa o‘qiladi

Qum qazib olib, davlatga 357 mln so‘m zarar yetkazgan fuqaro ushlandi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tabiiy qum mahsulotini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Prokuratura departamenti

Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va “Xavfsiz daryo” DM xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan

Tadbirda fuqaro B.X. Qashqadaryo daryosining G‘uzor tumani “Zarbdor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi muhofaza maydonidan maxsus texnikalar yordamida 3,6 ming kub noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum mahsulotini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 357,7 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid