Eronning Toshkentdagi elchixonasiga rasmiy shaxslar hamdardlik bildirgani kelmoqda
21 may kuni Eronning O‘zbekistondagi elchixonasida islom respublikasi prezidentining aviahalokatdagi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiruvchilar uchun tashkil etilgan ta’ziya kitobi ochildi.
Shu kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, qator rasmiylar, shuningdek, diplomatik korpus vakillari elchixonaga kelib, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokatda qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariy hamdardlik bildirgan O‘zbekiston rahbariyati, hukumati va xalqiga o‘z davlati nomidan minnatdorlik bildirdi. U prezident Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon aviahalokat oqibatida shahid bo‘lganini ta’kidlab, fojia sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzilgani, o‘rganish xulosalari tez orada e’lon qilinishini biodirdi.
Elchixona ta’ziya bildiruvchilar uchun uch kun davomida ochiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024