Jamiyat | 14:02 / 23.05.2024
5798
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy va Xorazmda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Navoiyda “B”, “C.” toifasidagi haydovchilik guvohnomasi 8 million so‘mga, Xorazmda 600 dollarga baholangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Navoiy va Xorazm viloyatlarida pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan.

Jumladan, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy o‘quv sport texnika klubi o‘rgatuvchi ustasi B.M. fuqaro S.Sh.ga “B”, “C.” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Departamentning Taxtako‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. fuqaro Yu.E.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 600 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid