O‘zbekiston | 07:50 / 24.05.2024
3015
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Turkmaniston bilan yuk tashuvlari hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

O‘zbekiston tashqi savdo yuklarini janubiy yo‘nalish bo‘ylab xorijga tashishda Turkmaniston muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tijorat maqsadida ikki mamlakat avtomobil va temir yo‘llari orqali uchinchi mamlakatga tranzit yuklari tashiladi. Ikki mamlakat kommunikatsiya tizimlarining integratsiyasi nafaqat O‘zbekistondan Turkmanistonga, balki Yaqin va O‘rta Sharq savdo bozorlariga eng qisqa yo‘l orqali chiqish imkoniyatini yaratadi

2024 yilning yanvar-mart oyi mobaynida yuk tashuvlari hajmi salkam 400 ming tonnani tashkil etdi. 2023 yilda Turkmaniston bilan jami 36 500 dona, 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida esa 10 mingta ruxsatnoma blankalari almashilgan bo‘lib, yuk tashuvlari uzluksizligi ta’minlanmoqda. 

Turkmaniston tomoni murojaatlariga asosan Transport vazirligi tomonidan qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari almashilmoqda. 

Transport vazirligi Turkmaniston vakolatli organi bilan ruxsatnoma blankalari kvotasini ko‘paytirish va qo‘shimcha almashish, milliy tashuvchilarga xalqaro yuk tashuvlar jarayonida teng sharoitlar yaratilishini ta’minlash orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda muzokaralar olib bormoqda.

Mavzuga oid