Jamiyat | 21:18 / 24.05.2024
8292
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda avtomobildan yasama pul sochgan shaxsga chora ko‘rildi

Pul sochgan shaxs va avtomobil haydovchisiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yo‘lda tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, yasama pul sochgan shaxs va haydovchiga chora ko‘rildi. Bunga ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha asos bo‘lgan. 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmay turib transportni boshqargan, hamda guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Qayd qilinishicha, «yo‘l harakati qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganlarga» nisbatan to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan. 

Qo‘qon shahri Jinoyat sudi qaroriga ko‘ra, tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, yasama pul sochgan shaxs 15 sutkaga, ushbu avtomobilni boshqargan haydovchi 10 sutkaga qamaldi.

Mavzuga oid