608 mln so‘mlik dorilarni o‘zlashtirib yuborgan dorixona mudiri ushlandi
Termiz shahrida tadbirkorning 608,6 mln so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirgan dorixona mudiri aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro M.X. “Sh.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona mudiri vazifasida ishlab kelib, o‘zining moddiy javobgarligidagi dori vositalarini sotuvidan tushgan 608,6 mln so‘mni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, tadbirkorning mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 25.11.2024
Qimmat sotilgan dorilarning puli xaridorlarga qanday qaytarilyapti?
07:08 / 30.08.2024
Yuzlab dorixonalarda dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi
19:12 / 04.07.2024
Retsepsiz beriladigan dorilar va tibbiy buyumlar uchun narx cheklovi olib tashlanadi
09:54 / 06.06.2024