O‘zbekiston | 13:11 / 29.05.2024
3674
1 daqiqa o‘qiladi

«G‘ishtko‘prik» posti orqali 30 ta ratsiyaning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali fuqaro tomonidan ratsiyalar olib o‘tishga bo‘lgan urinish to‘xtatib qolindi. 

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

O‘zbekistonga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan qiymati 40 million so‘mlik 30 dona ratsiya borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid