"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi
2025 yil 1 iyuldan boshlab barcha sug‘urtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qat’iy nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokama uchun joylashtirildi.
Qonun loyihasi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishlab chiqildi.
Loyihaning maqsad va vazifasi – sug‘urtalangan va mehnat faoliyatini yurituvi shaxslarni daromad yo‘qolishiga olib keluvchi ijtimoiy xatarlardan himoyalashni ta’minlash.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan:
- birinchi bosqichda, 2025 yil 1 iyuldan boshlab barcha sug‘urtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qat’iy nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi;
- ikkinchi bosqichda, 2026 yil 1 yanvardan barcha sug‘urtalangan jismoniy shaxslarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qat’iy nazar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lab beriladi;
- uchinchi bosqichda, O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan sug‘urtalangan shaxslarga ishsizlik nafaqasi va boshqa turdagi to‘lovlar joriy etiladi.
Qonun loyihasi doirasida:
- 2025 yilning ikkinchi yarmida homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lab berish uchun 1,2 trln so‘m;
- 2026 yilda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lab berish uchun 2,8 trln so‘m hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lashga 2 trln so‘m xarajat talab etiladi.
Mavzuga oid
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
07:50 / 28.10.2024