Chinozda 36 ming dollarlik hujjatsiz dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Yollama” bojxona posti oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro D.M. (muqaddam sudlangan) noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 15,6 ming quti “Metakandid” va “Asiprobankt” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini fuqaro M.A.ga 36 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.Q. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tibbiy buyum hisoblangan Goodlife nomli infuzion eritmalarni quyishda foydalaniladigan 155 qutidagi jami 123 ming 456 dona “sistema”larni fuqaro X.A.ga 200 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
17:32 / 30.11.2024
Buyuk Britaniyada astma xurujlariga qarshi yangi dori ishlab chiqildi
20:33 / 25.11.2024