MIBga nisbatan byuroning tuman bo‘limida ijro ishi ochilgan. Qarzdorlik yarim mlrd so‘m
Majburiy ijro byurosi “Caravan Group” MChJdan 512 mln so‘m qarz. Undiruv bilan byuroning Yunusobod tuman bo‘limi shug‘ullanyapti. Bo‘lim qarzdorlikni undirish uchun MIBning markaziy apparatiga qarashli ko‘chmas mulkka va avtotransportga taqiq qo‘yib qo‘ygan.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman MIBdan 512 mln so‘m qarzi bor. Bu – MIBning ochiq manbalarida keltirilgan.
Ma’lumotda ko‘rinishicha, umumiy qarzdorlikning asosiy qismi “Caravan Group” MChJ foydasiga undirilishi belgilangan mablag‘dan iborat. MIBdan mazkur qarzdorlikni undirish maqsadida MIB tomonidan 2024 yilning 22 aprel kuni ko‘chmas mol-mulkka hamda avtotransportga taqiq solish to‘g‘risida qarorlar chiqarilgan.
MIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan MIBdan undiruvchi “Caravan Group” MChJ foydasiga 512 mln 557 ming so‘m qarz va 30 ming so‘m pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud. Mazkur ijro hujjati MIBning Yunusobod tuman bo‘limiga 2024 yil 17 aprel kuni kelib tushgan.
“Amaldagi qonunchilikka muvofiq ijro hujjati ixtiyoriy muddat tugagan kundan e’tiboran ikki oy muddat ichida ijro etilishi belgilangan. Yuqoridagilarga asosan, ijro hujjatning ijrosi belgilangan muddatda ijro etilishi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.
MIB matbuot xizmati “Caravan Group” MChJdan qarzdorlik nima sababdan yuzaga kelganligini ochiqlamagan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda “Caravan Group” MChJning faoliyati tugatilgan. MChJ restoranlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish faoliyati bilan shug‘ullangan.
Mavzuga oid
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
07:37 / 08.11.2024