Hech qanday hujjatsiz kuchli ta’sir qiluvchi dorini sotgan dorixona sotuvchisi ushlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “Q.S.” MChJga qarashli do‘kon sotuvchisi J.R. fuqaro G.B.ga jami 15 quti “Reduksin layt” va “Goryachiy perets” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,1 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, fuqaro J.R.dan umumiy qiymati 15,3 million so‘mlik jami 818 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Xonqa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.O‘.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi N.O. hech qanday hujjatsiz jami 50 dona “TeBANTIN” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini Q.A.ga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 100 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
17:32 / 30.11.2024
Buyuk Britaniyada astma xurujlariga qarshi yangi dori ishlab chiqildi
20:33 / 25.11.2024