Iqtisodiyot | 09:08 / 01.06.2024
3981
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq to‘lovchilar 4 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalangani aytildi

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 4 oyda 10 trln so‘mga yaqin soliq imtiyozlaridan foydalandi. 

Foto: Shutterstock

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 122 107 ta tashkilot 9,9 trillion so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. 

Shu bilan birga:

2 442 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 6,3 trillion so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
5 423 ta korxona 10,2 trillion so‘mdan ziyod QQS “nol” stavkasini qo‘llagan. 

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

  • QQS – 4,9 trillion so‘m;
  • yer solig‘i – 1,9 trillion so‘m;
  • foyda solig‘i – 1,3 trillion so‘m;
  • mol-mulk solig‘i – 793,1 milliard so‘m;
  • ijtimoiy soliq – 756,9 milliard so‘m;
  • JShODS – 297,5 milliard so‘m
  • AOS – 50,1 milliard so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 milliard so‘m. 

Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va “nol” stavka hisobi alohida yuritiladi.

Mavzuga oid