Islom hamkorlik tashkilotining turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi
Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) turizm sohasidagi raislik Ozarboyjondan O‘zbekistonga o‘tdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm vazirlari yig‘ilishida xalqaro tadbirni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi.
Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yig‘ilishida rasmiylar tomonidan tashkilotda turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik Ozarboyjondan O‘zbekistonga o‘tganligi e’lon qilindi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston raisligi doirasida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm hamkorligini, jumladan, "yashil" va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yo‘nalishlarda samarali loyihalar va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024