O‘zbekiston | 13:30 / 03.06.2024
2480
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya oluvchi oilalar soni ma’lum qilindi

2017 yilda ijtimoiy himoya oluvchi oilalar soni 500 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,3 millionga oshgan.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov boshchiligidagi delegatsiyasi 27-29 may kunlari tashrif bilan Britaniyada bo‘ldi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, safar davomida Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish tadqiqot markazida (Oxford Poverty and Human Development Initiative – OPHI) O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi hamda Britaniya tomoni bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekistonning kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha tashabbuslari, jumladan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" ishga tushirilgani, 2017 yilda ijtimoiy himoya oluvchi oilalar soni 500 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,3 millionga oshgani qayd etildi.

Britaniya tomon O‘zbekistonda kambag‘allikni bartaraf etishga qaratilgan transformatsiya dasturlari natijasida 2021 yil boshidan buyon kambag‘allik darajasi 17 foizdan 11 foizgacha kamaygani, deyarli 2 million kishi kambag‘allikdan chiqarilganini yuqori baholadi.

Tadbir yakunida O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish milliy tizimi va modeli mutaxassislar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarda keng joriy etishga eng samarali namuna sifatida e’tirof etildi.

Mavzuga oid