Xorazm milliy tabiat bog‘i inspektori tungi xizmat vaqtida kaltaklandi
Xorazm milliy tabiat bog‘i inspektori Amurbek O‘rinovga xizmat vaqtida tan jarohati yetkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hududda 2024 yil bahorida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 3000 tup gujum ko‘chatlari nobud bo‘lish holatiga kelib qolgan. Bunga milliy tabiat bog‘iga tutash hududda fermer xo‘jaligi tomonidan ajratilgan yer maydonidan tashqariga chiqib, gujum ko‘chatlari ekilgan joyga sholi ekish maqsadida maydon chetidagi katta himoya chegaralari buzib tashlangani va suv ochib yuborilgani sabab bo‘lgan.
Buning oqibatida gujum ko‘chatlari bir necha kundan buyon suv ostida qolib ketgan. Xorazm milliy tabiat bog‘i ma’muriyati tomonidan fermer xo‘jaligiga 1 kun muddatda suv chiqarib yuborilmasa, 3000 dan ziyod ko‘chat nobud bo‘lishi va bu ma’muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan ogohlantirish xati berilgan.
Ammo fermer xo‘jaligi rahbari bu ogohlantirishga parvo qilmasdan, 4 iyun kuni kechqurun soat tungi 00:00 lar atrofida bog‘ hududiga suv ochish maqsadida kirgan. Shu paytda uni inspektor payqab qolgan va huquqbuzarlikni bartaraf qilishga uringan. Lekin mast holatda bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari inspektorga qarshilik ko‘rsatgan va uni do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.
Inspektor Yangibozor tuman tez tibbiy yordam muassasasiga yotqizilgan. Ayni damga kerakli muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar Yangibozor tuman Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yangibozor tumani bo‘limiga qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilgan.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
21:47 / 02.12.2024
AQSh Xorazmdagi pedofil amaldorlarga sanksiya kiritdi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
20:29 / 22.11.2024