Qozog‘istonda prezident qarorgohiga hujum qilganlar turli muddatga qamaldi
2022 yil yanvar voqealari chog‘ida prezidentning Olmaota qarorgohiga o‘t qo‘yganlarga sud hukmi o‘qildi.
Qozog‘istonning Olmaota shahri jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi 2022 yil yanvar voqealari chog‘ida prezidentning Olmaota qarorgohi va shahar ma’muriyati binosiga bostirib kirganlik ishi bo‘yicha hukm chiqardi.
11 kishi ustidan sud jarayoni 2023 yil sentabr oyida boshlangan edi. Prokuror ular uchun 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi.
Ayblanuvchilarga Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining 261-moddasi (Garovga olish), 269-moddasi (Binolar, inshootlar va aloqa vositalariga hujum qilish yoki ularni egallab olish), 272-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va 380-moddasi (Hokimiyat vakilini qo‘rqitish yoki zo‘ravonlik bilan harakat qilish) bilan ayblov qo‘yilgan edi.
Sud hukmi bilan 10 nafar ayblanuvchiga amnistiyani hisobga olgan holda 1 yil 9 oy, 1 nafariga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llandi.
«Sudlanuvchilarning jinoiy harakatlari mulkni yo‘q qilish bilan bog‘liq og‘ir oqibatlarga olib keldi. Uch nafar ayblanuvchi harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llagan. Ayblanuvchilardan biri ikki harbiy kursantni garovda ushlab, ularga yengil tan jarohati yetkazgan. Ayblanuvchilar qo‘yilgan ayblarga qisman iqror bo‘lishdi», deyiladi sud matbuot xizmati xabarida.
2022 yil yanvar oyida Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi namoyishlar tezda butun mamlakat bo‘ylab tarqalib, tartibsizliklarga aylanib ketdi. Tartibsizliklar markazi Olmaota bo‘lib, u yerda 5 yanvar kuni olomon bostirib kirib, hokimlik binolari va prezident qarorgohiga o‘t qo‘ygan edi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda minggacha odam ishtirok etgan.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
16:30 / 13.12.2024