AQSh Xitoy va boshqa davlatlar orqali Rossiyaga chip yetakazib berishni taqiqlamoqchi
AQSh yarimo‘tkazgichli chiplarni agar ular Amerika texnologiyalar va uskunalari yordamida tayyorlangan bo‘lsa, Rossiyaga uchinchi davlatlar orqali yetkazilishini taqiqlashga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib.
Agentlikning hamsuhbatlaridan biriga ko‘ra, chip ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarining eksport litsenziyasiga nisbatan yangi sanksiyalar qo‘llaniladi. Ular sotishdan avval AQSh Savdo vazirligidan litsenziya olish uchun ariza topshirishi va yetkazib berish harbiy maqsadlarda amalga oshirilmayotganini isbotlashi kerak bo‘ladi. Bu holatda AQSh chetdagi sotuvchilarni aniqlab, ularni Amerika chiplarining Rossiyaga yetkazilishi taqiqlangani to‘g‘risida ogohlantirib turadi.
Rossiya bilan ishlashda davom etayotgan mikroelektronika chip savdosi bilan shug‘ullanuvchilar kompaniyalarning aksariyati Xitoyda joylashgan, deyishmoqda Bloomberg manbalari.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan 2023 yilda Rossiya 1 mlrd dollarlik ilg‘or chiplarni import qilgan. Moskva ulardan raketalar va jang maydonidagi boshqa muhim qurol-yarog‘lar ishlab chiqarishda foydalangan bo‘lishi mumkin.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, Vashington Hongkongda joylashgan va Rossiyaga chiplar yetkazib berganlikda gumonlanayotgan sakkizta kompaniyani qora ro‘yxatga tirkashni rejalashtirmoqda. AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbli yangi cheklovlarga tayyorgarlik boshlanganini tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Ukrainaga qarshi urushda ishlatishi uchun Rossiyaga tovarlar xarid qilishda yordam berayotgan kompaniya va tarmoqlarga qaratiladi.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024