Jahon | 13:32 / 12.06.2024
2544
2 daqiqa o‘qiladi

Mustaqil OAV va «FBK» «Sen yolg‘iz emassan» marafonini o‘tkazmoqda

«Sen yolg‘iz emassan» aksiyasi doirasida rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya mablag‘lari yig‘ilmoqda. Tashkilotchilar orasida «Meduza», «Dojd», «Mediazona» va «FBK» bor.

Foto: Nikita Jolkver/DW

Rossiya mustaqil matbuoti «FBK» bilan birgalikda 12 iyun, chorshanba kuni siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Sen yolg‘iz emassan» deb nomlangan marafon o‘tkazmoqda. Aksiya tashkilotchilari orasida «Mediazona», «Meduza», «Dojd», shuningdek, «FBK»ning «Populyarnaya politika» va «Navalnyy Live» loyihalari bor. Marafon translatsiyasi ertalab soat 9 da boshlandi.

Qutb doirasi ortidagi koloniyada vafot etgan rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya aksiyada ishtirok etishga chaqirdi. «Rossiyada siyosiy repressiyaga uchraganlar uchun yagona translatsiya va xayriya yig‘ish bo‘ladi. Albatta qo‘shiling!» - deya u ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilarga murojaat qildi. 

Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikkinchi marafon 

Rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash marafoni ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. 2023 yilda kampaniya davomida 40 million rublga yaqin pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi, deya xabar beradi Navalniy jamoasi. Ushbu mablag‘larning katta qismi mahbuslar, ularning qarindoshlari va repressiyadan qochganlarga o‘tkazildi. Xayriyalar yordamida jarimalar va advokatlarning ish haqi ham to‘langan. Bundan tashqari, pulning bir qismi siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarga o‘tkazildi. 

Mavzuga oid