O‘zbekiston | 13:31 / 12.06.2024
7957
1 daqiqa o‘qiladi

Orol dengizi qurigan tubiga yangi turdagi o‘simlik ekilmoqda

1-2 yil ichida Orolning barcha hududlarid Arundo donax  o‘simliklari ekiladi, chunki ildiz so‘rg‘ichlari tez unib chiqadi. 

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Orol dengizining qurigan tubi hududida qariyb 600 ming gektarlik maydonda o‘rmonzorlar barpo etish maqsadida birinchi marta noyob o‘simlik Arundo donax tajriba maydonida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ekish ishlari O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti professori Zinoviy Novitskiy boshchiligida olib borilmoqda.

Hozirda o‘simliklar 1 oylik. Ular qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganligi bois og‘ir cho‘l sharoitida ham 4 metrgacha o‘sa oladi.  Uning ekish texnologiyasi noyobligi shundaki, ekish jarayonida ko‘chatlar o‘rniga ildiz kurtaklari o‘tqaziladi.

1-2 yil ichida Orolning barcha hududlarida Arundo donax  o‘simliklari ekiladi, chunki ildiz so‘rg‘ichlari tez unib chiqadi. Ushbu o‘simlik tuzli shamollarning oldini oladi, uning poyasidan qurilish, to‘qimachilikda foydalaniladi, shuningdek, uni yem-xashak sifatida ham ishlatish mumkin.

Mavzuga oid