O‘zbekiston | 10:39 / 16.06.2024
81416
3 daqiqa o‘qiladi

100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar

Arxivlarda o‘zbekistonliklar o‘tgan asrda Qurbon hayitini qanday nishonlaganiga oid fotolar, juda kam bo‘lsa-da, saqlanib qolgan. Asosiy tarixiy suratlar 1870- va 1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Kun.uz Kinofotofono hujjatlari arxividan 19-asr oxiri, 20-asr o‘rtalarida o‘zbekistonliklar Qurbon hayitini qanday o‘tkazganiga oid suratlarni izlab ko‘rdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qurbon hayitlariga doir asosan 1870-yil yoki 1954-yillarda Toshkent va Samarqandda olingan forosuratlargina saqlanib qolgan.

1898 yilda mashhur fransuz sayohatchisi va fotografi Gyugo Krafft Rossiya imperiyasiga sayohat qiladi va asosiy vaqtini Samarqandda o‘tkazib, Qurbon hayitini o‘zbekistonlik musulmonlar qanday nishonlanishini fotolarga muhrlaydi.

Samarqand, Qurbon hayiti namozi oldidan musulmonlar hovuz atrofiga to‘planyapti. Samarqand, 1898 yil. Foto: Gyugo Krafft

1902 yilda nashr etilgan “A travers le Turkestan russe” (“Rossiya Turkistoni orqali”) kitobidan Krafft olgan 70 ta rasm, jumladan, fotosuratlar, gravyuralar va xaritalar o‘rin olgan.

U Samarqanddagi kuzatuvlari haqida yozarkan, Qurbon hayitidagi bayramlarning “eng ulug‘vori” Samarqanddagi Namozgoh masjidining go‘zal bog‘ida o‘tkazilishini aytadi.

“Qurbon hayitida musulmonlar o‘zlari xohlab, navbatma-navbat uylarida bayram ziyofatlarini o‘tkazadi, unga barchani taklif qiladi. Qayerdan taklif bo‘lsa, ziyofatlarga boradi.

Yaxshi tashkil etilgan ziyofat – “qurbonlik” yaxshigina qimmatga tushadi. Chunki marosim paytida so‘yilgan qo‘chqordan tashqari, dasturxon mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Kamida, bir funt (16 kilogramm) bug‘doy keki, to‘rt funt guruch, bir yarim kilogramm yashil choy, ko‘p miqdordagi shirinliklar va konfetlar olib olishingiz kerak”, – deb yozadi u.

Qurbon hayiti kuni vafot etgan keksa odamga janoza o‘qilyapti. Foto: Gyugo Krafft, 1898 yil, Samarqand

O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivida esa asosan musulmonlar Qurbon hayiti namozini o‘qiyotganiga oid rasmlarni topishingiz mumkin.

Toshkentda Qurbon hayiti munosabati bilan xalq sayillari. Savdogarlar ko‘pirtirilgan tuxum oqini sotyapti. Toshkent, 1870 yil
Toshkentda Qurbon hayiti munosabati bilan xalq sayillari. Meva do‘koni. Toshkent 1870 yil
Samarqandlik imom Abdul-Qayum, 1870 yil
Markaziy Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasida Qurbon hayiti namozi. Toshkent, 1957 yil
Markaziy Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasida Qurbon hayiti namozi. Toshkent, 1957 yil
Markaziy Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasida Qurbon hayiti namozi. Toshkent, 1957 yil
Markaziy Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasida Qurbon hayiti namozi. Toshkent, 1957 yil
Toshkentda Qurbon hayiti namozi, 1957 yil.

Mavzuga oid