XVF hukumatlarni sun’iy intellektning xavfliligi haqida ogohlantirdi
Xalqaro Valuta Fondi (XVF) sun’iy intellekt tufayli ishsizlikning oshishidan xavotir bildirdi.
Xalqaro Valuta Fondi (XVF) generativ sun’iy intellektga (SI) o‘tilayotgani sababli ommaviy ishdan bo‘shatishlardan «chuqur xavotirda» ekanligini ma’lum qildi va hukumatlarni o‘z iqtisodiyotini himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishga chaqirdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Xususan, fond mamlakatlar ishsizlik sug‘urtasini yaxshilash kabi choralar ko‘rishi kerakligini ta’kidlab, o‘tmishdagi buzuvchi texnologiyalardan farqli o‘laroq, SI yuqori malakali kasblarda ish o‘rinlarini yo‘qotilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Shu bilan birga, generativ sun’iy intellekt samaradorlik o‘sishini rag‘batlantirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilash uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lsa-da, fond «ommaviy ishsizlik va tengsizlikning kuchayishidan chuqur xavotirlar» borligini ma’lum qilgan.
«Biz odamlarning ushbu texnologiya salohiyatidan ko‘proq foydalanishini istaymiz va biz odamlar uchun imkoniyatlar yaratmoqchimiz», dedi Era Dabla-Norris, XVF moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari.
Fond hukumatlarga sun’iy intellektning salbiy ta’sirini qoplash uchun daromadlarni oshirish vositasi sifatida taklif qilingan sun’iy intellekt soliqlaridan voz kechishni tavsiya qiladi va ular samaradorlik o‘sishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Buning o‘rniga, XVF o‘sib borayotgan daromadlar tengsizligini bartaraf etish uchun kapital o‘sishi va foyda solig‘ini, so‘nggi o‘n yilliklarda pasaygan yig‘imlarni, shuningdek, korporativ daromad solig‘ini oshirishni taklif qildi.
XVF ta’kidlashicha, sun’iy intellektning kelajagi bo‘yicha noaniqlikni hisobga olib, hukumatlar «juda halokatli ssenariylarga» tayyorlanish uchun «moslashuvchan» yondashuvni qo‘llashi kerak.
Mavzuga oid
10:26
Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
00:05
ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi
00:47 / 20.12.2024
Appleʼning sun’iy intellekt funksiyasi yolg‘on sarlavha bilan xabar tarqatdi
16:32 / 19.12.2024