Toshkentda elektrobus va 2 ta yengil mashina haydovchilari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
Bektemir tumanida elektrobus haydovchisi va bir necha kishi ishtirokida yuz bergan janjal videosi tarqaldi. Poytaxt IIBB hodisa elektrobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgani sababli kelib chiqqanini bildirdi.
Tarmoqlarda Toshkent shahri Bektemir tumanida elektrobus haydovchisi va bir necha kishilar janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Hodisa 16 iyun kuni soat 15:30 da Husayn Boyqaro shohko‘chasida sodir bo‘lgan. Elektrobus haydovchisi — 35 yoshli Sh. Sh. va Nexia 2 haydovchisi — 52 yoshli R.I., «ZAZ-1102» haydovchisi F.Z. o‘rtasida janjal yuz bergan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgani sababli kelib chiqqan.
Holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:35
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024