“Mahalla yettiligi” vakillari har chorakda fuqarolar oldida hisobot berishi belgilandi
Yettilikning har bir a’zosi o‘z faoliyati barcha yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil hisobot beradi. Hisobot fuqarolar yig‘inida har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasigacha eshitiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Xususan, hujjat bilan jamoatchilikni mahalla yettiligi a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi tasdiqlandi.
Nizom “mahalla yettiligi” a’zolari – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini oldida har chorakda hisobot berish tartibini belgilaydi.
Yettilikning har bir a’zosi o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil hisobot beradi. Hisobot fuqarolar yig‘inida har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasigacha eshitiladi.
Ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. U ko‘chaboshi va uyboshi saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, ularning asosiy vazifalari va funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ko‘chaboshi va uyboshilar saylovi tegishli hududda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning fuqarolar yig‘ini raisi rahbarligidagi yig‘ilishda ochiq ovoz berish orqali o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:38 / 13.12.2024
O‘zbekistonda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi
09:35 / 04.12.2024
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi
09:50 / 23.10.2024